Atom va iqlim - Global Atomic Quiz
10 NOYABR

Global Atomic Quiz

Atom fani va texnologiyalari to‘g‘risida quvnoq va qiziqarli ma'lumotlar. Bilimingni sinab ko‘r va ajoyib sog‘alarni yutib ol.
Viktorina nihoyasiga yetdi.
Результаты можно посмотреть здесь.

GAP O‘ZI NIMA HAQIDA KETMOQDA??

Global Atomic Quiz – bu shunchaki viktorina emas, balki Butunjahon fan kuniga bag‘ishlangan ma'rifat ulashuvchi global loyiha. Yilning eng ““oqilona tuzilgan” ” kunini nishonlash asnosida yadro fizikasi va atom texnologiyalari olami haqida ko‘plab yangiliklarni va qiziqarli ma'lumotlarni senga yetkazmoqchimiz – ular bizga har kuni, har qadamda hamroh va sayyoramiz taqdirida muhim ahamiyat kasb etadi.

Bir turdagi elementlarni boshqa turdagisiga aylantira oladigan mikroorganizmlar haqida bilishni xohlaysanmi? Yoki qanday reaktorlar suv yordamida emas, balki turli metallar qorishmasi vositasida sovutilishi seni qiziqtirar? Ba'zi subatom zarralarining rangi va xididan tashqari jozibasi ham borligini bilasanmi? Seni nafaqat kutilmagan savollar, balki mutaxassislarning foydali, ma'lumotlarga boy javoblari ham kutmoqda! (fizika, atom va kosmik texnologiyalar, Yer sayyoramiz haqidagi fanlarga oid)!

Viktorina savollari ikki guruhga bo‘lingan: bolalar (11-16 yosh) va kattalar uchun (17+). Saytga kir, ro‘yxatdan o’t va ishtirok et! Omading kelsa, ajoyib sovg‘alar yutib olish imkoni seniki bo’ladi!

QANDAY QILIB IShTIROK ETIShIM MUMKIN?

1

Tashrif buyursang kifoya!

Buni 10 noyabr sanasida kun mobaynida amalga oshirish mumkin. Yuqoridagi “Ishtirok etish” xavolasini bos, va olg‘a!

2

Viktorinaga marhamat!

Seni oldinda 15 ta g‘aroyib savol va qiziqarli javoblar kutmoqda. Vaqt cheklanmangan, shu bois shoshmaslikni maslahat beramiz.

3

Muvaffaqiyatingni biz bilan baham ko’r!

Biz senga loyihada ishtirok etganing haqida diplom yuboramiz. Uni ijtimoiy tarmoqlardagi do‘stlaringga ulashishing yoki chop etib, devorga osib qo‘yishing mumkin.

4

Sovg‘ani qo'lga kirit!

O‘z toifasida eng yuqori ball to‘plagan ishtirokchilar sovg‘alar uchun kurash olib boradilar. Loyiha yakunlarini kuzatib bor - g‘oliblar tasodifiy sonlar generatori yordamida 2021 yilning 26 noyabriga qadar aniqlanadi. Barcha sovg‘alar 2022 yilda taqdim etiladi.

SOVG‘ALAR

11-16 yoshlilar

Oqilona ta'til

Maktab o'quvchilari uchun Rossiyaga bepul sayohat va Rosatomning "Oqilona ta’til" xalqaro lagerining almashinuv dasturlaridan birida qatnashish.”Rosatom” davlat korporatsiyasi loyihalari amalga oshirilayotgan mamlakatlardagi tengdoshlaring bilan tanishish, har bir mamlakatning, avvalo Rossiyaning milliy qadriyatlarini his qilish imkoniyatidir.

17+ uchun

AESga tashrif

Bu toifadagi g‘oliblar Rossiyaning zamonaviy atom elektr stansiyalarining biriga tashrif kutmoqda. Bunday sayohatga chipta sotilmaydi! Ishlab turgan yirik stansiyani tomosha qilish, atom energiyasi qay tarzda ishlab chiqarilishini o‘z ko‘zing bilan ko‘rish – har kimga ham nasib etavermaydigan noyob imkoniyatdir.

18-34 yoshlilar

Maxsus sovg‘a

Bu sovg‘a faqat atom sohasidagi yosh xodimlarga atalgan. Agar sen 18-34 yosh toifasida bo‘la turib, atom sohasida mehnat qilayotgan bo’lsang yoshlarning Butunjahon yadro kongressida qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritishing mumkin. Kongress 2022 yilning 22-27 may kunlari Sochi shahrida bo‘lib o‘tadi.

Agar viktorinada ishtirok etish yoki sovg‘alar va ularni taqsimlash yuzasidan sizlarda savollar qolgan bo‘lsa, yoki bizga biror narsa haqida aytmoqchi bo‘lsangiz, info@atomforyou.com manziliga yozib yuboring. Biz mamnuniyat bilan javob beramiz!

Ushbu sayt cookies dan foydalanadi

Biz cookies dan saytimiz foydalanuvchilariga uchun maksimal darajada qulay va funksional bo’lishi uchun foydalanamiz. Bizning veb-saytimizda foydalanishda davom etar ekansiz, Siz bu bilan shaxsiy ma’lumotlaringizni qaytadan ishlashga roziligingizni ifodalaysiz. Batafsil ma’lumotlar.

Global Atomic Quiz ga baho bering!

Error message
Error message
Error message

Tabriklaymiz! Birinchi bosqichdan o’tildi!

Ishtirokchi raqami: 0 (sovrinlar o’ynalishi uchun saqlab qo’ying)

Natijalarni kuzatib boring – g’oliblar 2021 yil 26 noyabrgacha tasodifiy raqamlar generatoti yordamida aniqlanadi.

Mening natijalarin

ATOM BAKALAVRI

0/0 savollar

Ajoyib boshlanish! Bunday bilimlar to'plami bilan siz uchun atom fani olami bo'ylab sayohat qilish aniq qiziqarli bo'ladi!